Xakerlar OpenAI kompaniyasi ma’lumotini o‘g‘irladi

Xakerlar OpenAI kompaniyasi ma’lumotini o‘g‘irladi

Xakerlar OpenAI kompaniyasiga qarashli ChatGPT chat-botini yaratganlarning ichki yozishmasi bilan tanishishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa sun’iy intellekt yaratish texnologiyasini ishlab chiqishga oid ma’lumot o‘g‘irlangan, deb yozdi “New York Times” gazetasi tegishli manbalarga tayanib.

2023 yil ham ushbu korxona xodimlari o‘zlarining eng yangi texnologiyalarini muhokama qilgan onlayn-forum buzib kirilgan edi.

ChatGPT 2022 yil noyabrda ishga tushib, bir haftada bir million obunachini to‘plagandan keyin mashhur bo‘lib ketdi. 2015 yil OpenAI asoschilaridan biri – milliarder Ilon Mask ushbu startap bilan aloqani butunlay uzgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!