Habib Umar Nurmagomedovga murojaat qildi

Habib Umar Nurmagomedovga murojaat qildi

Engil vaznda sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov jiyani Umar Nurmagomedovga murojaat qildi.

Umar 3 avgust kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida tashkil etiladigan UFC on ABC 7 turnirining markaziy jangida amerikalik Kori Sendxagenga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

"Jangga bir oy vaqt qoldi. Kenjamiz, maqsad, manzil yaqin", — deya o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Umarga murojaat yozib qoldirgan Habib Nurmagomedov.

Eslatib o‘tamiz, Umar Nurmagomedov shu yil mart oyida o‘tkazilgan UFC Fight Night 238 turnirida qozog‘istonlik liga debyutanti Bekzat Almaxanni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratgan edi. Sendxagen esa 2023 yilning avgust oyida o‘tkazilgan UFC on ESPN 50 turnirida hamyurti Rob Fontdan ustun kelgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!