Peskov: Kremlda niqob kiyishni taqiqlash mavzusida munozaralar yo‘q

Peskov: Kremlda niqob kiyishni taqiqlash mavzusida munozaralar yo‘q

Kremlda niqoblarni taqiqlash (ayrim musulmon mamlakatlaridagi musulmon ayollar uchun yuzni yopib qo‘yadigan, ko‘zlari uchun tor tirqishli an’anaviy bosh kiyimi) haqida hech qanday muhokama yo‘q. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RBKga ma’lum qildi.

«Biz bu muhokamada ishtirok etmayapmiz», dedi Kreml vakili.

Ayni paytda, Davlat Dumasining Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, jamoat va diniy birlashmalar masalalari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Dog‘iston deputati Artem Bichayevning aytishicha, qo‘mita niqab kiyish masalasi musulmon ruhoniylari zimmasida, deb hisoblaydi va bu. ular tegishli qarorlarni qabul qilishlari kerak.

«Menimcha, diniy libos kiyishni ruhoniylar tartibga solishlari to‘g‘ri yo‘l. O‘ylaymanki, Rossiyadagi boshqa ma’naviyat tashkilotlari ham bu yo‘nalishni qidirmoqdalar, ehtimol ular o‘z pozisiyalarini baland ovozda aytmagandirlar. Dog‘iston muftiysi tomonidan qabul qilingan qarorlar boshqa mintaqalardagi musulmon tashkilotlarini ham bu yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlashga va o‘z pozisiyasini bildirishga undashi mumkin», — dedi u.

Bir kun avval Qorachay-Cherkes musulmonlari diniy boshqarmasi respublikada niqob kiyishni taqiqlash haqida qaror qabul qilgan edi.

Avvalroq Dog‘iston muftiyati «aniqlangan tahdidlar bartaraf etilmagunicha va yangi diniy xulosaga kelguniga qadar» niqab kiyishni vaqtinchalik taqiqlashini e’lon qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!