Toshkent hokimining «Universam» binosi joylashgan yerni olish qo‘yish borasidagi qarori bekor qilindi

Toshkent hokimining «Universam» binosi joylashgan yerni olish qo‘yish borasidagi  qarori bekor qilindi

Toshkent hokimining «Universam» binosi joylashgan yerni olish qo‘yish borasidagi  qarori bekor qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

2021 yil 27 yanvar kuni Toshkent tumanlararo ma’muriy sudida so‘ngi kunlarda ko‘pchilikni e’tiborini tortib kelgan, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarida muhokamalarga sabab bo‘lgan Yunusobod tumani Ahmad Donish va Amir Temur ko‘chalari kesishmasida 65 ta tadbirkorga tegishli bino va inshootlar joylashgan 6 ga yer uchastkasini davlat va jamiyat ehtiyoji uchun olish to‘g‘risidagi hokim qarorlarini haqiqiy emas deb topish haqidagi ma’muriy ishni mazmunan ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlandi.

Ushbu ish sudya D. Toshev tomonidan ko‘rib chiqilib, sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, arizachi “UY RO'ZG'OR MOLLARI” MCHJ, “NUR SEXRI OSHIYONI” MCHJ, “ZAR-ZIYNAT BIZNES” MCHJ, “SAIDA-BAROKA” XK, “GLORIUS JUSTICE” MCHJ, S. Rososhanskaya va “EMISUN MARKET” XKning talablari to‘liq qanoatlantirilib, Toshkent shahar hokimining 27. 11. 2018 yildagi “Er maydonlarida obodonlashtirish va buzish ishlarini olib borish haqida”gi 1667-sonli, 31. 12. 2019 yildagi “URBAN DEVELOPERS” MCHJ shaklidagi qo‘shma korxonasiga yer maydonini ajratib berish haqidagi 1879-sonli va Yunusobod tuman hokimining 18. 12. 2018 yildagi «Toshkent shahar hokimining 2018 yil 27 noyabrdagi qarori ijrosi haqida»gi 2102-sonli qarorlari haqiqiy emas deb topildi.

Hal qiluv qarori ustidan qaror chiqarilgan kundan e’tiboran 30 kun ichida Toshkent shahar ma’muriy sudiga shu sud orqali apellyasiya tartibida shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!