Tarixda eng qisqa davom etgan urush

Tarixda eng qisqa davom etgan urush

Buyuk Britaniya va Zanzibar davlatlari o‘rtasida 1896 yilning 27 avgust kuni bo‘lib o‘tgan jang dunyo tarixidagi eng qisqa urush hisoblanadi. 

Bu urush atigi 38 daqiqa davom etgan. To‘satdan boshlangan jang tufayli Zanzibar qo‘shini og‘ir zarbani qabul qilib oladi, yuzlab binolarga zarar yetadi. Qisqa fursatda amalga oshirilgan diplomatik muzokaralar tufayli urush yakuniga yetadi.

Buning natijasida Sharqiy Afrika o‘lkasi bo‘lgan Zanzibarda qullikka barham beriladi va rejim o‘zgaradi.

Ma’lumot uchun: Zanzibar sultonligi 1861-1964 yillarda mavjud bo‘lgan, 1964 yilda Tanzaniya tarkibiga kiritilgan.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!