Tadqiqot: Avtomexaniklarning 97% elektromobil bilan ishlashni bilishmaydi va istashmaydi.

Tadqiqot: Avtomexaniklarning 97%  elektromobil bilan ishlashni bilishmaydi va istashmaydi.

Britaniya Avtosanoat Instituti tadqiqotchilarining xulosasiga ko‘ra, avtomexaniklarning 97 foizi elektromobil bilan ishlashni istamasliklarini bildirishgan. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, bugun agarda transportlarni elektrlashtirish rejalari amalga oshadigan bo‘lsa, elektromobillarga va elektr avtobuslariga xizmat ko‘rsatadigan hech kim bo‘lmaydi. Bu xaqida itc.ua sayti ma’lum qilmoqda.

Olimlar avtoulov mexanikasining qolgan 3% ham ko‘plab elektr transport vositalariga xizmat ko‘rsata olmasliklarini aniqladilar, chunki bu malakali mutaxassislarning aksariyati elektr transportlarini ishlab chiqaruvchilarning dilerlik markazlariga ishga joylashib olishgan.

Mutaxassislarning yetishmovchiligi nafaqat elektromobillar xaridorlari va foydalanuvchilar uchun muammo bo‘lib qolmaydi, deb yozadi mualliflar. Ularning fikricha, bu, ichki yonuv dvigatelini taqiqlab va yoppasiga elektrmobillarga o‘tishga qaror qilgan davlatlar uchun ham muammoni yuzaga keltirib chiqaradi. Bunday tashabbuslar elektromobillarni texnik ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish parkini qoplaydigan miqdorda u yerda ishlovchi mutaxassislar yetarli bo‘lmaguncha samarali ishlay olmaydi.

Bundan tashqari, bu nafaqat Yevropaning muammosi bo‘lib, AQShdagi avtomexaniklar ham elektr davriga tayyorgarligi yo‘qligi haqida gapirmoqda. Xizmat ko‘rsatish markazining xodimi Kreyg Van, Chicago Tribunega bergan intervyusida, AQShning o‘rta- sharqidagi avtomexaniklar elektromobillarning kirib kelishi ularning o‘z kasbiga chek qo‘yishini hisobga olib, yangi bilimlarni o‘rganishga qarshi turishayotgani haqida ta’kidlab o‘tgan.

"Avtoservis sohasida ishlayotganlarning 90 foizi har qanaqa harakat qilishni rad etishdi. Ular gibridlar va elektr mashinalarga hafsala qilmay: "Biz bu mashinalar bilan ishlamaymiz, Ford yoki Toyota sotib oling!", deyishmoqda. Bu yerda qo‘rquv omili katta rol o‘ynaydi ", deydi Van.
Katta, lekin birinchi darajali ahamiyatga ega emas. Yana gap shundaki, elektromobillar kamroq parvarishlashni talab qiladi va rejali parvarishlash esa nisbatan juda kam miqdorda amalga oshiriladi.

Chevy Bolt elektrokarining TXK (texnik xizmat ko‘rsatish) jadvalida, uning egasi g‘ildiraklarning shinalarini har 12 000 km tekshirishi, salonning havo filtlarini har 36 000 km almashtirishi, va sovutish suyuqligini har 240 000 km masofadan keyin almashtirishi kerak bo‘ladi, deya ko‘rsatilgan. Taqqoslash uchun: ichki yonuv dvigateli avtomobillarda, har 5000-7000 km da moy almashtirish kerak bo‘ladi.

Ish vaqtining bunday tejamkorligi faqat AQShning o‘zida 160 ming kishi ishlaydigan ko‘plab avtomobil ta’mirlash ustaxonalarining yopilishiga olib kelishi mumkin.

"Mustaqil avtomobillarni ta’mirlash ustaxonalari asosan kichik ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanishadi. Avtomobil egalari ularga moy almashtirish yoki yangi shinalar qo‘yish va yamash uchun ularga murojaat qilishganda, uning ortida yana boshqa mayda-chuyda kichik ta’mirlash ishlari chiqib keladi. Shular tufayli xizmat ko‘rsatish markazlari yetarli mablag‘ ishlab olishadi va mijozlar bilan kelgusida doimiy ravishda ularda xizmat ko‘rsatilishini ko‘zlab, mijozlar bilan muvoffaqqiyatli kelishuvlar tuzishadi. Agarda yo‘llarda, tez-tex xizmat ko‘rsatish markazlariga murojaat qilmaydigan avtokaralar faqatxarakatlanadigan bo‘lsa, unday xolatda avtomobil tuzatish ustaxonalarida tabiiy ravishda muammolar boshlanadi" - Gas2 nashri xulosa qiladi.

Manba: ufq.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!