So‘x tumanida 13 million so‘m jarimani vaqtida to‘lamagan «haydovchining» mashinasi xatlandi

So‘x tumanida 13 million so‘m jarimani vaqtida to‘lamagan «haydovchining» mashinasi xatlandi

U haydovchilik guvohnomasisiz mast holda avtomashina boshqargan edi.

So‘x tumanida yashovchi huquqbuzar F.R. 7 mart kuni «Chevrolet Lacetti» rusumli avtomashinani tuman markaziy ko‘chasida boshqarib ketayotganida YHXB YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Ma’lum bo‘lishicha, fuqaroning avtotransport vositasini boshqarish huquqi bo‘lmagan va spirtli ichimlikdan mast holda bo‘lgan.

Holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish hujjatlari sudga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha So‘x tumani sudi ishni ko‘rib chiqib, fuqaro F.R. ga 13. mln 600 ming so‘m jarima jazosini tayinlagan.

Majburiy ijro byurosi So‘x tuman bo‘limi xodimlari 24 mart kuni sudning ijro hujjatiga asosan qarzdor F.R. ni ma’muriy jarima pullarini o‘z vaqtida to‘lashi yuzasidan ogohlantirgan.

Biroq, qarzdor tomonidan jarima pullari ixtiyoriy muddat ichida to‘lanmagan. Shu sababli, qarzdorga tegishli «Chevrolet Lacetti» rusumli avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydoniga tortilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!