“Insonlar hayotiga va mol-mulkiga xavf soladigan darajaga kelib qolgan” — Chilonzorda chinorlar kesilishi yuzasidan izoh berildi

“Insonlar hayotiga va mol-mulkiga xavf soladigan darajaga kelib qolgan” — Chilonzorda chinorlar kesilishi yuzasidan izoh berildi

“Ekolog.uz” Telegram kanalida “Toshkent shahar, Chilonzor-17, Botirma mahallasida ko‘p yillik chinor daraxtlari kesib tashlanibdi” mazmunidagi xabar e’lon qilgan edi.

Holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va qilim o‘zgarishi boshqarmasi matbuot xizmati izoh berdi.

Chilonzor tumani inspeksiyasi tomonidan o‘rganilganda “Botirma” mahallasidagi ko‘p yillik chinorlar tabiiy omillar ta’sirida qurib, insonlar hayotiga va mol-mulkiga xavf soladigan darajaga kelib qolgani uchun qurigan shoxlari sanitar maqsadida butalanganini ma’lum qilamiz.

May oyi boshida Chilonzor tumanida bir yoshli bolani aravachasida daraxt bosib qolgan va u hodisa joyida vafot etgan edi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Eslatib o‘tamiz, prezident farmoni bilan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!