Erdo‘g‘an va Asad Rossiyada uchrashishi mumkin

Erdo‘g‘an va Asad Rossiyada uchrashishi mumkin

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Suriya prezidenti Bashar al-Assad Suriyada fuqarolar urushi boshlanganidan beri 13 yil ichida ilk bor uchrashishi mumkin. Uchrashuv sentyabr oyida, ehtimol Rossiya, Iroq yoki Fors ko‘rfazi davlatlaridan birida bo‘lishi mumkin. Bu masala Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Turkiyaga tashrifidan so‘ng nihoyat kelishib olinishi kerak, deb yozadi Türkiye Gazetesi.

Uchrashuv arafasida davlatlar harbiy, siyosiy, iqtisodiy masalalar, terrorizm va qochqinlar masalalari bo‘yicha komissiyalar tuzishi, shuningdek, o‘z pozisiyalarini qayta ko‘rib chiqishi kerak. Asosiy masalalar Suriyaning davlat suvereniteti, suriyalik qochqinlarning vatanlariga qaytishi va kurdlarning harbiy-siyosiy tashkiloti PKK/YPGga qarshi kurash bo‘ladi.

Maqolada qayd etilishicha, Eron rejimi Suriya-Turkiya munosabatlarining normallashuvidan norozi va bu jarayonni izdan chiqarishga harakat qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!