Rasman. Bellingem bir o‘yinga, Demiral esa ikki o‘yinga chetlatildi

Rasman. Bellingem bir o‘yinga, Demiral esa ikki o‘yinga chetlatildi

Jud Bellingem Sloveniyaga qarshi o‘yindagi nomaqbul xatti-harakatlari uchun jarimaga tortildi va bir o‘yinga chetlatildi. Turkiya futbolchisi esa ikki o‘yinga chetlatildi.

Angliya terma jamoasi Yevro—2024 1/8 finalida Sloveniya termasini ekstra taymlarda (2:1) mag‘lub etdi.

O‘yinning 95-daqiqasida inglizlar yarim himoyachisi Jud Bellingem hisobni tenglashtirdi. “Real Madrid” futbolchisi goldan so‘ng nomaqbul harakat qilib golni nishonladi. U buni yaqin do‘stlarga nisbatan hazil ishora ekanligini ta’kidlagan edi.

UYEFA Bellingemni 30 ming yevro jarimaga tortdi va uni bir yillik sinov muddati bilan bitta o‘yinga diskvalifikasiya qildi. Chetlatish darhol amalga oshirilmaydi va ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir (1) yil sinov muddati beriladi.

Shu tariqa, Jud turnirning chorak finalida Shveysariya termasiga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari tashkilot Demiralni 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qildi.

Turkiya terma jamoasi Demiralning dubli evaziga Avstriyani mag‘lub etib (2:1) Yevro—2024 chorak finaliga chiqqan edi. Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” jamoasi sharafini himoya qilayotgan himoyachi Avstriyada taqiqlangan “kulrang bo‘ri” ishorasi bilan jamoaning keyingi bosqichga chiqqanini nishonladi.

Avvalroq UYEFA ushbu epizod bo‘yicha tergov boshlaganini ma’lum qilgan edi.

Futbolchi “umumiy xulq-atvor tamoyillariga rioya qilmagani, munosib xulq-atvorning asosiy qoidalarini buzgani va sport tadbirlaridan sportga xos bo‘lmagan ko‘rinishlar uchun foydalangani va futbol obro‘siga putur yetkazgani uchun” diskvalifikasiya qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!