Dushanbeda Tojikiston Prezidenti BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Dushanbeda Tojikiston Prezidenti BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Bugun Prezident Emomali Rahmon Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishni qabul qildi, deb yozdi “Xovar”.

Uchrashuvda Tojikiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

– BMT mamlakatimizning bir qator ustuvor dasturlarini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi, – dedi qardosh davlat rahbari.

Guterrish ham, o‘z navbatida, Tojikistonning xalqaro muammolarni hal etishdagi munosib hissasini e’tirof etdi.

Tomonlar bugungi kunda insoniyat duch kelayotgan global tahdidlarning oldini olish yo‘llari yuzasidan fikr almashdi. Muhim mavzular – Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, “Suv barqaror rivojlanish uchun” xalqaro harakatlar o‘n yilligi bo‘yicha uchinchi yuqori darajadagi konferensiya yakuni bo‘yicha “Dushanbe deklarasiyasi”ni hayotga tatbiq etishga kelishib olindi. Shu nuqtai nazardan, BRM va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun muntazam, uzoq muddatli moliyalashtirishni ta’minlash uchun xalqaro moliya tizimini isloh qilish zarurligi xususidagi xulosa ilgari surildi.

Tojikiston jahon hamjamiyatining iqlim o‘zgarishi salbiy oqibatini kamaytirish borasidagi faoliyatni, shuningdek tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, fan va texnologiyani, xususan raqamlashtirishni rivojlantirish, innovasiyadan foydalanish yo‘nalishlarida hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan BMT sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlandi.

Terrorizm, ekstremizm va transchegaraviy uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘liq kuchayib borayotgan tahdidga, jumladan narkotik moddalar noqonuniy aylanishi va boshqa global xatarlarga birgalikda javob berish zarurligi ma’qullandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!