Samarqandda Nexia-2 urib yuborgan bola shifoxonada ko‘z yumdi

Samarqandda Nexia-2 urib yuborgan bola shifoxonada ko‘z yumdi

Samarqandda yo‘ldan o‘tayotgan 6 yoshli bolani Neksiya katta tezlikda kelib urib uchirib yubordi.

2024 yil 3 iyul kuni soat 18:00 larda, Samarqand tumani, “Jo‘yi soy” MFY hududidan o‘tgan Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasida, haydovchi Nexia-2 rusumli avtomobilini shu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelib, yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘ng tomondan chap tomonga yugurib o‘tayotgan, 2017 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborib YTH sodir etgan.

Bola zudlik bilan Samarqand shahar markaziy shifoxonasiga olib kelingan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan piyoda shifoxonada bevaqt hayotdan ko‘z yumgan.

Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!