O‘zbekiston kubogi. «Bunyodkor» «Qiziriq»dan, «Navbahor» «Buxoro»dan ustun keldi

O‘zbekiston kubogi. «Bunyodkor» «Qiziriq»dan, «Navbahor» «Buxoro»dan ustun keldi

O‘zbekiston kubogi nimchorak finalida bugun navbatdagi ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi.

«Bunyodkor» o‘z maydonida «Qiziriq»ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Najmiddin Normurodov 4-daqiqada o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘yib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan edi. Keyinchalik Usmonali Ismonaliyev 28-daqiqada, Temurxo‘ja Abduxoliqov 84-daqiqada (penaltidan) gol urib, «qaldirg‘ochlar»ga keyingi bosqch yo‘llanmasini taqdim etdi.

Shuningdek, «Navbahor» o‘z maydonida «Buxoro»dan ustun keldi - 1:0.

Filipp Ivanovich namanganliklarga g‘alaba keltirgan golni 45+7-daqiqada kiritdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!