SHHT davlatlari Falastin-Isroil mojarosidan xavotirda

SHHT davlatlari Falastin-Isroil mojarosidan xavotirda


Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Falastin-Isroil mojarosidagi vaziyatdan xavotirda va Ostona sammiti yakunlari bo‘yicha qabul qilingan deklarasiyaga ko‘ra, Falastin masalasini adolatli hal etish asosida kelishuvga erishish muhim deb hisoblaydi.

«A’zo davlatlar Falastin-Isroil mojarosining yomonlashuvidan chuqur xavotir bildirgan holda, G‘azo sektoridagi ko‘plab tinch aholi qurbonlari va halokatli gumanitar vaziyatga olib kelgan harakatlarni keskin qoralaydi», — deyiladi hujjatda.


«A’zo davlatlar Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashning yagona mumkin bo‘lgan yo‘li Falastin masalasini har tomonlama va adolatli hal etish ekanligini ta’kidlamoqda», — deyiladi hujjatda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!