Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari paytida qozoq qishlog‘i barpo etiladi

Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari paytida qozoq qishlog‘i barpo etiladi

Joriy kuzda Astana shahrida V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. U tadbirda 89 davlat ishtirok etishini tasdiqladi. Bu haqda Qozog‘iston Turizm va sport vaziri o‘rinbosari Serik Jarasbayev ma’lum qildi.

“Ko‘chmanchilar o‘yinlariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. O‘yinlar 21 ta sport turi, jumladan, milliy o‘yinlar bo‘yicha o‘tkaziladi. Buning uchun 7 ta sport majmuasida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Shu kabi “Qazanat” ippodromi yonida qozoq qishlog‘ini, ya’ni kigiz uylarini quramiz”, - dedi Serik Jarasbayev OAVga intervyu berishdan oldin.

Shuningdek, Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari davomida milliy ilmiy konferensiya o‘tkazish rejalashtirilgan.

“Bugun 89 davlat Ko‘chmanchilar o‘yinlarida ishtirok etishini tasdiqladi va biz 100 ta davlatni qamrab olishga umid qilamiz. 2500 dan ortiq mehmonlar, jumladan delegasiya va sportchilarni kutamiz. Xorijlik mehmonlarni qabul qilish va joylashtirish uchun poytaxt hokimligi bilan hamkorlikda 32 ta mehmonxona tayyorlayapmiz”, – dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!