Samolyotda bezorilik qilgan qo‘shiqchi 15 sutkaga qamaldi

Samolyotda bezorilik qilgan qo‘shiqchi 15 sutkaga qamaldi

5 iyun kuni Ostona sudi qozog‘istonlik qo‘shiqchi a nisbatan ma’muriy ishni ko‘rib chiqdi. U mayda bezorilikda ayblangan.

Ish materiallarida aytilishicha, xonanda Olmaotadan Ostonaga uchayotgan samolyotda janjal qilgan.

“Olmaota va Ostona reysi bortida mayda bezorilik va qasddan badanga yengil shikast yetkazish bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atildi”, - deya izoh bergan shahar polisiyasi.

Qayrat Nurtas samolyot salonida jabrlanuvchi Asilbek Bekkairov bilan janjallashib, uning yuziga urib, sog‘lig‘iga yengil shikast yetkazgan.

Qayrat Nurtas aybini tan olmadi va jabrlanuvchi birinchi bo‘lib unga qo‘l ko‘targanini aytdi.

Jabrlanuvchi sudlanuvchini 15 sutkaga hibsga olishni va undan jarima undirilishini so‘ragan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!