"Man Siti" Edersonga "Real"dan o‘rinbosar topdi

"Man Siti" Edersonga "Real"dan o‘rinbosar topdi

Madridning “Real” klubi darvozaboni Andrey Lunin Angliya Premyer-ligasiga o‘tishi mumkin.

Fichajes xabariga ko‘ra, "Manchester Siti" "Real"da ajoyib mavsum o‘tkazgan 25 yoshli darvozabonni kuzatib bormoqda. Qayd etilishicha, “shaharliklar” Ederson Moraes o‘rniga o‘rinbosar izlamoqda, chunki braziliyalik futbolchining Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish ehtimoli yuqori.

2023/24 yilgi mavsumda Lunin barcha turnirlarda 31 ta uchrashuvda maydonga tushdi va shulardan 12 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!