ISHID Dog‘istondagi teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

ISHID Dog‘istondagi teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

«Islomiy davlat» terrorchilik tashkiloti Dog‘istondagi teraktlarga bevosita aloqadorligini e’lon qildi. ISHIDning «Al-Naba» nashri iyul oyidagi sonida «Ular bizdan» degan sarlavha bilan terrorchilar suratlari tushirilgan kollaj chop etilgan.

Kollajda yaqinda turli mamlakatlarda, jumladan, Shveysariya va Serbiyada teraktlar sodir etgan terrorchilarning fotosuratlari, shuningdek, dog‘istonlik terrorchilarning portretlari taqdim etilgan, deb yozadi Zamonaviy Afg‘onistonni o‘rganish markazi eksperti Andrey Serenko.

Ilgari ISHID Rossiyada faqat bitta - Krokus Siti Xollda terakt uyushtirganini aytgan edi.

Shu bilan birga, Rossiya rasmiylarining ta’kidlashicha, teraktlar ijrochilari ISHID va islomiy ekstremistlar bo‘lgan taqdirda ham, haqiqiy tashkilotchilar Ukraina va G‘arb davlatlarining razvedka xizmatlari bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!