O‘zbekiston “Osiyo bolalari” o‘yinlarida umumjamoada 1-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston “Osiyo bolalari” o‘yinlarida umumjamoada 1-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston sport delegasiyasi Rossiya Federasiyasining Yakutsk shahrida poyoniga yetayotgan “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlarida oltin medallar hisobida umumjamoada g‘oliblikka erishdi.

Mamlakatimiz sportchilari 36 ta oltin, 31 ta kumush va 21 ta bronza, jami 88 ta medalga ega chiqqan holda umumjamoa hisobida g‘oliblikka erishdi.

Ayniqsa, kurashchi yoshlarimizning 8 ta oltin, 1 ta kumush medalga sazovor bo‘lishi, bokschilarimizning 7 ta oltin 7 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqishi umumjamoadagi o‘rnimizni eng yuqori pog‘onaga chiqishida muhim omil bo‘ldi, deyish mumkin.

O‘zbekiston “Osiyo bolalari” o‘yinlarida umumjamoada 1-o‘rinni egalladi

Oltin medallar hisobida 31 ta oltin medal jamg‘argan Rossiya Federasiyasining Sibir jamoasi 2-o‘rindan joy egalladi.

Aytish lozimki, ertaga 6 iyul kuni “Osiyo bolalari” o‘yinlarining so‘nggi kunida voleybol bahslari o‘tkazilsa-da, uning final va yarim finalida o‘ynaladigan medallar umumjamoa joylashuviga ta’sir ko‘rsata olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, ertangi voleybol musobaqalarining yarim finalida O‘zbekiston jamoasi bronza medali uchun kurash olib boradi. O‘yinlarning tantanali yopilish marosimi ertaga, 6 iyul kuni tashkil etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!