Turkiya aeroportlarida yo‘lovchilarni tekshirish kuchaytiriladi

Turkiya aeroportlarida yo‘lovchilarni tekshirish kuchaytiriladi

Turkiya parlamenti fuqaro aviasiyasi to‘g‘risidagi qonunga aeroportlarda yo‘lovchilarni tekshirish tartibini kuchaytiruvchi tuzatishlarni ma’qulladi, deb xabar berdi “HaberTurk” telekanali.

Qayd etilishicha, xavfsizlik xizmati xodimlari terminalga va bortga chiqish joyiga kirishda yo‘lovchilarning buyumlarini tekshirishlari mumkin bo‘ladi.

Tekshiruv qoidalari shaxsiy yukiga ham, elektron qurilmalarga ham tegishli. Agar yo‘lovchi ko‘zdan kechirish uchun o‘z narsalarini berishdan bosh tortsa, xodimlar uni aeroport yoki jo‘nab ketish zonasiga kiritmaslik huquqiga ega. Taqiqlangan narsalar joyida musodara qilinadi. Parlament tomonidan ma’qullangan tuzatishlar, shuningdek, agar samolyot ekipaji parvoz paytida bortdagi qoidabuzarliklar haqida rasmiylarga xabar bermasa, 620 dan 15,6 ming dollargacha jarima ham kiritadi.

Endilikda, aviasiya xavfsizligi xodimlari yuklarni huquq-tartibot idoralari nazorati ostida tekshiradi. Turkiyaning asosiy aeroportlarida (Antaliya, Izmir, Bodrum) ikkita tekshirish punkti mavjud. Birinchisi jamoat maydoniga kirishda, ikkinchisi hujjatlarni tekshirgandan keyin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!