AQSh Yaponiyadagi bazalarida havo kuchlarini yangilashni rejalashtirmoqda

AQSh Yaponiyadagi bazalarida havo kuchlarini yangilashni rejalashtirmoqda

Qo‘shma Shtatlar Yaponiyadagi havo bazalarida joylashgan taktik harbiy aviasiya guruhini yangilash rejalarini e’lon qildi. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi (Pentagon) bayonotida aytiladi.

Kelgusi bir necha yil ichida amalga oshiriladigan modernizasiya rejasi 10 milliard dollardan ortiq sarmoyani o‘z ichiga oladi. Bu reja AQSH-Yaponiya ittifoqini mustahkamlaydi, mintaqaviy jilovlash va Hind-Tinch okeani mintaqasida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlaydi, dedi Pentagon.

Xususan, AQSh harbiy-havo kuchlari Yaponiyaning Okinava prefekturasidagi Kadena aviabazasida 48 ta iste’fodagi F-15C/D o‘rniga 36 ta yangilangan F-15EX qiruvchi samolyotlarini joylashtiradi. Bundan tashqari, hozirda Aomori prefekturasidagi Misava aviabazasida joylashgan 36 ta F-16 samolyoti 48 ta F-35A qiruvchisi bilan almashtiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!