Samarqandda 7 yashar bola avtomobil urib ketishi oqibatida vafot etdi

Samarqandda 7 yashar bola avtomobil urib ketishi oqibatida vafot etdi

Samarqand tumani, “Jo‘yi soy” MFY hududidan o‘tgan Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasida 3 iyul kuni soat 18:00 larda YTH sodir bo‘lgan. Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Nexia-2 avtomobili haydovchisi yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelayotganda yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib o‘tayotgan, 2017 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.

Piyoda zudlik bilan Samarqand shahar markaziy shifoxonasiga olib kelingan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan piyoda shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!