Demokrat donorlar poygadan chiqishini so‘rab Baydenga xat yozishdi

Demokrat donorlar poygadan chiqishini so‘rab Baydenga xat yozishdi

Demokrat donorlar poygadan chiqishini so‘rab Baydenga xat yozishdi

calendar

00:00

1252

Foto: Reuters

Demokratik partiya yirik homiylari, partiya a’zosi bo‘lgan taniqli shaxslar va tadbirkorlar Jo Baydenga xat yozib, undan iste’foga chiqishini so‘rashdi. Bu haqda The Washington Post yozmoqda.

«Demokratiyamiz va davlatimiz uchun hurmat bilan ikkinchi muddatga saylovda qatnashmasligingizni so‘raymiz», deyiladi Oq uyga yuborilgan va 168 kishi imzolagan xatda.

Xatni imzolaganlar orasida milliarder Maykl Novogras, Harvard huquq maktabi professori Lourens Lessig, Nyu-York universiteti professori Skott Hellouey, Weyco Group bosh direktori Tom Florshaym va boshqalar bor.

Xatni imzolaganlar Tramp Oq uyga qaytishi xavfi oshganidan xavotir bildirgan. Uning qaytishi esa global va ichki stabillikni buzishi aytilgan. «Estafetani topshirish vaqti keldi, janob Bayden. Xuddi Jorj Vashington qilganidek», deyiladi xatda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!