“Tolibon” 47 ta xususiy qizlar maktabini qayta ochishga ruxsat berdi

“Tolibon” 47 ta xususiy qizlar maktabini qayta ochishga ruxsat berdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, yaqinda paydo bo‘lgan 6-sinfdan katta o‘quvchi qizlarga umumiy asosda ta’lim olish taqiqlanishi haqidagi mish-mishlarni OAVga “Tolibon” bilan aloqador siyosatshunos Ruholloh Xotak tasdiqlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror harakat rahbariyati tomonidan o‘tgan kun qabul qilingan, biroq Qatar poytaxti Dohada ayollar huquqlari mavzusi ko‘tarilgan 3-konferensiyaga hech qanday aloqasi yo‘q.

47 ta xususiy maktab mustaqil ravishda tegishli so‘rov yuborib, ruxsat olgan. Ta’lim vazirligi maktablarda erkak o‘qituvchilari bo‘lmagan ayollar uchun munosib sharoit yaratilganiga ishonch hosil qildi, deyiladi xabarda.

Siyosatshunos mazkur qaror nima uchun 47 ta maktab uchun qabul qilinganligini tushuntira olmagan, ammo ushbu mezonlar Ta’lim vazirligi tomonidan ustuvor deb tan olinsa va maktablar tomonidan amalga oshirilsa, boshqa hollarda ruxsat berilishini aytgan.

Afg‘onistonda 6-sinfdan oshgan (12 yoshga to‘lgan) qizlarning maktabga borishiga taqiq taxminan uch yildan beri amalda.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!