BMT bosh kotibi sun’iy intellektni “dunyo uchun tahdid” deb atadi

BMT bosh kotibi sun’iy intellektni “dunyo uchun tahdid” deb atadi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Ostonadagi Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida so‘zlagan nutqida raqamli texnologiyalar “ikkinchi ekzistensial tahdid”ni keltirib chiqarishini aytdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Guterrish o‘z nutqida sun’iy intellekt xavfini boshqarish va uning zararini yumshatish uchun hukumatlar, texnologik kompaniyalar, ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati o‘rtasida hamkorlik qilishga chaqirdi.

“Ikkinchi ekzistensial tahdid raqamli texnologiyalardan kelib chiqadi. Sun’iy intellekt barchaning manfaati uchun barqaror rivojlanishni tezlashtirishda ulkan salohiyatga ega. Ammo u kuchlarning nomutanosibligini kuchaytiradi, inson huquqlariga putur yetkazadi, keskinlik va kelishmovchiliklarni qo‘zgatadi.

Biz texnologik kompaniyalar, ilmiy doiralar, fuqarolik jamiyati bilan ishlaydigan hukumatlarning sun’iy intellekt uchun xavflarni boshqarish tizimlari, shuningdek, monitoring qilish va zararni kamaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun to‘liq ishtirokini zudlik bilan talab qilamiz. Bu barcha mamlakatlarning ishtirokini talab qiladi”, — dedi Gutterish.

Uning qo‘shimcha qilishicha, BMT bularning barchasini amalga oshirish uchun platforma taqdim etishga, jumladan, sun’iy intellektni o‘rganish guruhini yaratish, standartlar va etiketni ishlab chiqish, ma’lumotlarni boshqarish, rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam berish uchun global fondni ishga tushirishga tayyor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!