Dunyoda qahva narxi qimmatlashdi

Dunyoda qahva narxi qimmatlashdi

Osiyo davlatlarida havoning keskin isishi tufayli jahon miqyosida qahva narxi oshdi. Bu haqda Nikkei Asia xabar berdi

Londonda robusta navi uchun fyuchers kotirovkalari iyun oxiriga kelib mart oyining oxiriga nisbatan 18,1 foizga oshdi. 6 iyun kuni kontrakt narxi bir tonna uchun 4394 dollarni tashkil qilib, rekord darajaga yetdi. Arabika fyucherslari uch oy ichida 20,6 foizga qimmatlashdi.

Narx ko‘tarilishining asosiy sababi Janubi-Sharqiy Osiyodagi issiqlikdir. Aprel oyidan beri Vyetnam, Tailand va Filippinda o‘rtacha havo harorati me’yordan yuqori bo‘lib, Selsiy bo‘yicha 48 darajaga yetdi

Vyetnamda fermerlar kuzgi hosilga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan qurg‘oqchilikka duch kelmoqda. Vyetnam eruvchan qahva tayyorlash uchun ishlatiladigan dunyodagi robusta navining taxminan 40 foizini ishlab chiqaradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!