Ucharlar uchun “saxiylik”. 170 km/soat tezlikda harakatlangan haydovchi faqat jarima bilan qutulib qolishi adolatdanmi?

A A A
Ucharlar uchun “saxiylik”. 170 km/soat tezlikda harakatlangan haydovchi faqat jarima bilan qutulib qolishi adolatdanmi?

Aholi punktlarida, ayniqsa shaharlarda tezlikni 100 km/soatdan oshirgan potensial qotillarning haydovchilik guvohnomasi shu zahotiyoq kamida 6 oy muddatga olib qo‘yilishi, bu holat takroran sodir etilganda esa avtomashina musodara qilinishi kerak.

Ucharlar uchun “saxiylik”. 170 km/soat tezlikda harakatlangan haydovchi faqat jarima bilan qutulib qolishi adolatdanmi?

calendar

21:35

2807

Aholi punktlarida, ayniqsa shaharlarda tezlikni 100 km/soatdan oshirgan potensial qotillarning haydovchilik guvohnomasi shu zahotiyoq kamida 6 oy muddatga olib qo‘yilishi, bu holat takroran sodir etilganda esa avtomashina musodara qilinishi kerak.

Videolardan kadrlar

Kuni kecha Toshkent shahrining Chilonzor tumani Bunyodkor shohko‘chasi bo‘ylab davlat raqami 01 F 222 FB bo‘lgan Tracker mashinasi haydovchisi 170 km/soat tezlikda harakatlanayotgani aks etgan video tarqaldi. Haydovchi topilib, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Yana bir holatda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida 140 km/soat tezlikda harakatlangan BYD 9 yoshli qizni bosib ketib, uning bevaqt o‘limiga sabab bo‘ldi.

Xo‘sh, qo‘llanayotgan jazo va jarimalar bu kabi jinoyatlarning oldini olish uchun yetarli bo‘lyaptimi?

Aholi yashash joylarida tez haydaganlarning “prava”si olib qo‘yilishi kerak

Kurbanoff.net Telegram-kanali muallifi Shuhrat Qurbonov 170 km/soat tezlikda harakatlangan Tracker keysiga e’tibor qaratib, belgilangan jarimani tezlikni oshirish uchun “pulli xizmat”ga o‘xshatdi.

“Eng qizig‘i, shaharda bunday tezlikda harakatlanganlik uchun jarima BHMning 9 barobari yoki 3 mln 60 ming so‘mni tashkil etadi. Bu hammasi emas, agar 15 kun ichida to‘lov amalga oshirilsa, umumiy summaning yarmi to‘lanadi.

Men uchun bu jarimaga emas, balki pulli xizmatga o‘xshaydi. Agar siz qoidani buzmoqchi bo‘lsangiz, to‘lovni 50 foiz chegirma bilan ham olishingiz mumkin. Faqat doimiy mijozlar uchun kartalarni o‘ylab topish qoldi.

Maqsad bu kabi holatlarning oldini olish bo‘lsa, belgilangan me’yordan 50 km/soatga oshib ketsangiz, ayniqsa, aholi gavjum bo‘lgan joylarda, haydovchilik guvohnomasi bekor qilinishi kerak.

Haydovchi ikki narsadan qo‘rqadi – guvohnomasini yo‘qotish va mashinasidan ayrilish. Agar maqsad pul ishlash emas, qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘lsa, yuqoridagi choralardan foydalanishi lozim.

Jarimalarni maosh bilan solishtirayotganlarga quloq solishning hojati yo‘q. Jarimalar soliq emas, shu jihatdan ular qo‘rqinchli va to‘lash juda og‘ir bo‘lishi kerak”, deya yozdi Shuhrat Qurbonov.

Xorijiy tajriba qanday?

Evropaning aksariyat mamlakatlarida aholi punktlarida o‘rnatilgan harakatlanishning maksimal tezligi 50 km/soatni tashkil etadi. Bu qoidani buzgan haydovchilar esa jiddiy ravishda jazolanadi.

Masalan, turli mamlakatlarda aholi yashash hududida 105 km/soat tezlikda harakatlangan haydovchiga qo‘llanadigan jazo quyidagicha:

Germaniyada – 3 oygacha haydovchilik huquqidan mahrum qilish, jazo ballari qo‘shish va 680 yevrogacha jarima;

Fransiyada – 1500 yevro miqdorida jarima va haydovchilik guvohnomasidan 3 yil muddatgacha mahrum qilish;

Italiyada – 532 yevrodan 2127 yevrogacha jarima, 1 oydan 3 oygacha haydovchilik huquqidan mahrum qilish;

Ispaniyada – 600 yevro va 6 balli jarima, 3 oy haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish;

Buyuk Britaniyada – 2500 funt sterling va 6 balli jarima, haydovchilik huquqidan mahrum qilish.

Avstriyada esa jazo yanada qattiq. Aholi punktlari ko‘chalari bo‘ylab ruxsat etilgan tezlikdan soatiga 80 kilometrdan, shahar tashqarisida esa 90 kilometrdan ortiq tezlikda harakatlangan haydovchilarning avtomashinalari musodara qilinadi.

Yo‘llarni potensial qotillardan tozalash kerak

Oshirilgan tezlikni o‘lchovchi radarlar qo‘yilayotganiga qaramasdan, avtohalokatlar kamaymayapti. Har kuni respublikaning qaysidir qismida katta tezlikda kelayotgan avtomashina inson o‘limiga sabab bo‘lyapti. Xususan, 2023 yilda yo‘l-transport hodisalari natijasida 1568 nafar bola jarohatlangan, 263 bola hayotdan ko‘z yumgan. Joriy yilning dastlabki 5 oyida esa 359 nafar o‘quvchi bilan bog‘liq avariya sodir etilgan va 65 nafar o‘quvchi halok bo‘lgan.

Shu kabi dahshatli xabarlar fonida bloger Qobil Xidirov yo‘l harakati xavfsizligi sohasini butunlay qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.

“Yo‘llarda bolalarning o‘limi uchun siyosiy javobgarlik bo‘lishi kerak. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati butunlay tugatilishi kerak. Bu xizmat va uning rahbariyati o‘zini oqlamadi. Ishining samarasi yo‘q, faoliyati teskari va mantiqsizlikdan iborat. Yo‘l harakati xavfsizligi strategiyasi butunlay qayta ko‘rib chiqilishi kerak”, deydi Qobil Xidirov.

E’tibor bilan kuzatsak, holat shu darajaga borganki, ba’zilar tezlikni oshirgani uchun yozilgan o‘nlab jarima qog‘ozlarini uyalmasdan internetda ko‘z-ko‘z qiladi. O‘nlab jarimalar bu aslida sharmandali holat-ku? Bunaqa ashaddiy qoidabuzarlar jamiyatning ko‘ziga qaray olmasligi kerak emasmi?

Antiradar, avtoraqamni oson yechib oladigan, yashiradigan qurilmalarning reklamalari ham haddan tashqari ko‘paygan. Aslida bu ham jazodan qutulib qolish va qoidabuzarlikni targ‘ib qilishning ko‘rinishi aslida.

Yo‘llardagi o‘lim bilan bog‘liq avtohalokatlarning katta qismi belgilangan tezlik me’yorini oshirish natijasida kelib chiqayotgani sir emas. Shu jihatdan, qoidabuzar haydovchilar uchun jarima ballari tizimi zudlik bilan joriy etilishi, bu tizimni shuncha paytdan beri ortga surib kelganlar siyosiy javobgarlikka tortilishi, aholi punktlarida tezlik rejimini nazorat qilishni kuchaytirish kerak.

Qolaversa, yo‘l qurilishi va yo‘llarda harakatlanishni tashkil etishga nisbatan yondashuvlar ham mutlaqo qayta ko‘rib chiqilishi kerak.

Shaharlar ko‘chalarini avtobanga aylantirishni to‘xtatish, piyodalar o‘tish joylarini svetoforlar va kameralar bilan jihozlash, yo‘l chiziqlari va boshqa vositalar orqali tartibli va xavfsiz yo‘l harakatini tashkil etish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni joriy etish zarur.

Vaziyat shuni ko‘rsatyaptiki, bunday dadil va kompleks qadamlarsiz minglab insonlar, eng achinarlisi murg‘ak bolalar hayotini saqlab qolish butkul imkonsiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Naoya Inoue: "Bu Murodjonning sharofati bilan edi"

Иккинчи енгил оғирлик тоифасида мутлақ жаҳон чемпиони Наоя Иноуэ (31-0, 27 KO) ўзбекистонлик WBAнинг «вақтинчалик» жаҳон чемпиони Муроджон Аҳмадалиев (14-2, 11 KO) устидан қозонган ғалабаси ҳақида фикр билдирди.

Nikolay Valuyevga nisbatan qidiruv e’lon qilindi

Бу ҳақда "ТАСС" хабар бермоқда.

O‘zbekistonga qaytayotgan bebaho meros

Бугунги кунда Президент Шавкат Мирзиёев ташаббуси билан ана шундай ноёб маданий мерос ёдгорликларини юртга қайтариш жараёнлари амалга оширилмоқда.

BMTda Falastinga doir muhim hujjat qabul qilindi. Qaysi davlatlar qarshi ovoz bergani ma’lum

Моҳият эътиборига кўра Фаластин давлат тузилишини ёқловчи мазкур ҳужжатни 142 давлат, жумладан, Ўзбекистон қўллаб-қувватлади.

O‘zbekiston Yaponiyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

Ўзининг навбатдаги ўқув-йиғин машғулотларини олиб бораётган Ўзбекистон футзал миллий жамоаси бугун Японияга қарши назорат ўйинини ўтказди.

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va yana 61 kishiga hukm o‘qildi

Бугун жиноят ишлари бўйича Миробод туман суди томонидан А. Воитов (Қишлоқ хўжалиги вазири лавозимида ишлаган) ва бошқаларга (жами 62 киши) оид жиноят ишини биринчи инстанцияда кўриб чиқиш бўйича суд жараёни тугаб, суд ҳукми эълон қилинди.

Dohada ommaviy norozilik boshlandi

Намойишчилар яқинда Доҳада ҲАМАС етакчиларига қилинган рейддан сўнг Исроилга қарши чоралар кўришни талаб қилишмоқда

Toshkentda ona o‘zini va 2 bolasini 8-qavatdan tashlab yubordi (yuragi bo‘shlar ko‘rmasin)

Ҳолат "Olmazor city"да рўй бергани айтилмоқда.

Qoyilmaqom o‘ynagan Husanov necha ballga loyiq ko‘rildi? (Foto)

Бироз олдин АПЛ 4-туридан ўрин олган Манчестер дербиси якунланди.

Rossiya iqtisodiyoti qulamadi, chunki...

Ғарб чекловларини четлаб ўтиш учун Ғарбий суғурта тизимидан ташқарида ишлайдиган ва параллель таъминот занжирларини яратадиган сояли танкер флоти қўлланилади.

Sherzodxon Qudratxo‘ja Lola Karimovaga Islom Karimovning xatolarini eslatdi va baloga qoldi

У бу ҳақда Лола Каримованинг отаси ҳақидаги гаплари илова қилинган постида ёзиб қолдирган.

SHHT sammitidan qaytgan tashqi ishlar vaziri hibsga olindi

Бу ҳақда Orda нашри хабар бермоқда.

Qishloq xo‘jaligi vaziri qo‘lga olindi

Бу ҳақда мамлакат Миллий хавфсизлик давлат қўмитаси маълум қилди.

"UzAuto Motors" 8 ta yangi model chiqarmoqchi

Маълум бўлишича, 2025 йил август ойида "Chevrolet Tahoe 2025 High Country" модели тақдим этилган; у 1,46 миллиард сўмдан бошланадиган нархда 11 сентябрдан сотувга чиқади.

Maktablarda 1 sentyabrdan smartfondan foydalanish taqiqlanadi

Ўқитувчига топширилган гаджетларни фақат дарс тугаганидан кейин қайтариб оладилар.

AQSh Xitoy bilan munosabatlarini tiklash uchun yana bir ittifoqchisini "chopdi"

Бу ҳақда The Washington Post нашри ўз манбаларига таяниб хабар берди.

Kamchatkada dahshatli zilzila sodir bo‘ldi (video)

Бу ҳақда Европа-Ўртаер денгизи сейсмология маркази маълум қилди.

Saudiya Arabistoni AQShga bo‘lgan ishonchini yo‘qotdi

The Wall Street Journal бу ҳақда Саудия Арабистони ва Покистон ўртасида ўзаро мудофаа бўйича стратегик келишув имзолангани муносабати билан ёзган.

AQSh harbiy texnikalari Ukrainaga yetib keldi

Бу ҳақда "РБК-Украина"га НАТО вакили маълум қилди.

Qashqadaryoda 2,5 yoshli bolaning dimiqib o‘lishiga sabab bo‘lgan bog‘cha mudirasi qamaldi

Косон туманидаги боғчалардан бирининг раҳбари бўлган 31 ёшли аёл ҳайдовчилик гувоҳномаси бўлмаган ҳолда турмуш ўртоғининг Spark машинасида болаларни ташиган. У 2025 йил 20 июн куни болаларни боғчага олиб келгач, 2,5 ёшли қизалоқни машинада унутиб қолдирган. 6 соат машина ичида қолиб кетган бола нафас ололмасдан, димиқиб вафот этган.

7 kilo oltinni 5 ming dollar evaziga chegaradan o‘tkazib bermoqchi bo‘lgan bojxonachi ushlandi

Шунингдек, Миробод тумани солиқ инспекциясининг маҳаллаларга бириктирилган солиқ инспекторлари шуъбаси инспектори ҳам тезкор тадбирда ушланган.

Netanyaxu va xavfsizlik rahbarlari o‘rtasida ziddiyat kuchaymoqda

Бу ҳақда The New York Times хабар берди.

AQSh G‘azo bo‘yicha yangi rezolyusiya loyihasiga veto qo‘ydi

Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Хавфсизлик Кенгашининг 14 аъзоси томонидан овоз берилган лойиҳа АҚШнинг ягона овози билан рад этилди.

BMT: G‘azodagi urush tufayli bir milliondan ortiq odam o‘z uyini tark etdi

Март ойи ўрталарида Исроил ва ҲАМАС ўртасида ўт очишни тўхтатиш келишуви барбод бўлганидан бери Ғазо секторида бир миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди.

Tramp Afg‘onistondagi "Bag‘ram" harbiy-havo kuchlari bazasini AQSh nazoratiga qaytarish niyatida

АҚШ Афғонистондаги "Бағрам" ҳарбий-ҳаво кучлари базаси устидан назоратни қайтариб олишга ҳаракат қилади, деди АҚШ Президенти Дональд Трамп.

“Sharmanda bo‘ldim” – Toshkentda avtobusda qizlarga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

Ҳолат 2025 йил 11 сентябр куни “Халқлар дўстлиги–Сирғали” йўналишида ҳаракатланувчи 11-сонли автобусда содир бўлган.

Qozog‘istonda askar o‘z joniga qasd qildi

Унинг қариндошлари ўз жонига қасд қилганига ишонмаяпти ва ишни Қозоғистон президенти шахсан ўз назоратига олишини талаб қилмоқда.

Misr muzeyida fir’avn Amenemopetning tilla bilaguzugi yo‘qoldi

Қоҳирадаги Миср миллий музейининг реставрация бўлимида фиръавн Аменемопетга тегишли бўлган билагузук йўқолди. Бу ҳақда Миср қадимий ёдгорликлар вазирлигига асосланиб CBS News хабар берди.

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish talabi bilan Netanyahu qarorgohӣ oldida miting bo‘lib o‘tdi

Haaretz нашрига кўра, Қуддуснинг Ғазо кўчасида бўлиб ўтган митингда 200 га яқин киши иштирок этди.

Venada otishma: Qurbonlar bor

Гумон қилинган жиноятчи полициядан қочишга уринганидан кейин ўлик ҳолда топилган.

DXX Afg‘onistonda olib kelingan narkotiklarni aniqladi

Терговга қадар текширув давомида, ушбу ноқонуний ишга алоқадор бўлган учинчи шахснинг яшаш хонадонидан эса 110 гр. “опий” моддаси, 2 та электрон тарози, 1200 АҚШ доллари ҳамда 28 млн. сўм процессуал тартибда расмийлаштириб олинди.

G‘azo sektori shimolida internet va aloqa uzildi

Фаластин телекоммуникация компаниялари хабарига кўра, Исроил армияси зарбалари оқибатида Ғазо сектори шимолида интернет ва алоқа тўлиқ узилди.

Germaniya Polshaning talabini rad etdi

Олмон матбуоти хабарига кўра, Германия президенти Франк-Вальтер Штайнмайер бу талабни қатъий равишда рад этган.

Siyosatchi Aleksey Navalniy Rossiya qamoqxonasida zaharlangan

Икки хорижий лаборатория сиёсатчининг ўлимидан олдин заҳарланганини аниқлаган.

G‘azo hukumati: Bir million shimoliy g‘azoliklar majburiy ko‘chirishdan bosh tortmoqda

Сўнгги ҳафталарда Исроилнинг кучайган ҳужумларига қарамасдан, шимолий Ғазо секторидаги бир миллионга яқин аҳоли мажбурий кўчирилишга рози бўлмаяпти, дейилади Фаластин анклави ҳукумати матбуот хизматининг баёнотида.

Isroilning G‘azoga hujumi oqibatida 12 falastinlik halok bo‘ldi

Бу ҳақда Anadolu маҳаллий манбаларга таяниб хабар берди.

Tailandda erkak jonli efir vaqtida qizini osib o‘ldirdi

У шундан сўнг ўз жонига ҳам қасд қилган.

“Quddus sizning shahringiz emas, janob Erdo‘g‘on!”

Эрдўғон Нетаняхуни Гитлерга ўхшатди. Исроил бош вазири эса бунга кескин жавоб қайтарди.

Surxondaryoda hakamlik sudining kadrlar boshlig‘i pora bilan ushlandi

Ҳозирда унга нисбатан Жиноят кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ҳамда 28, 211-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилди. Суд томонидан “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланди

Rubio: G‘arbning Falastinni tan olishi Isroilni javob qaytarishga “majbur qiladi”

Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Fox News телеканалига берган интервьюсида маълум қилди. У шунингдек, Исроилнинг Қатарга ҳаво ҳужуми ва Ғарбий соҳилни аннексия қилиш режалари ҳақида ҳам тўхталиб ўтди.

Эрдўғон Ислом дунёсини Исроилга қарши санкциялар қўллашга чақирди

Туркия президенти Исроил сиёсатини кескин қоралаб, унга қарши қўшма санкциялар жорий этиш зарурлигини билдирди.

БМТ комиссияси Исроилнинг Ғазодаги ҳаракатларини геноцид деб тан олди

БМТ комиссияси Исроилнинг Ғазодаги ҳаракатларини геноцид деб тан олди, деб хабар берди РИА Новости.

Исроил мудофаа вазири: «Ғазо ёнмоқда»

The Jerusalem Post нашрининг хабар беришича, Исроил армияси Ғазо шаҳрига қўшин ва танклар билан янги қуруқлик ҳужумларини бошлаган.

Исроилнинг Ливаннинг Набатия шаҳрига ҳаво ҳужуми оқибатида 8 нафар тинч аҳоли ҳалок бўлди

Исроил ҳарбийлари Ливан жанубидаги Набатия шаҳрига ҳаво зарбасини амалга оширди. Ҳужум оқибатида саккиз нафар тинч аҳоли ҳалок бўлди, улар орасида тўрт нафар бола ва уч аёл бор.

Миср «Aраб НАТО»си тузишни таклиф қилди

Миср «Aраб НАТО»си тузиш ташаббусини илгари суриб, араб давлатларининг қўллаб-қувватлашига умид қилмоқда, деб хабар берди World Israel News.

Ҳақиқий даҳшат: мактабга кетаётган 13 ёшли қиз онасининг жасадига дуч келди

Кейинчалик қизнинг отаси ҳам ўлгани маълум бўлди

Чилим чекишнинг зарари сигаретадан асло кам эмас

Ушбу зарарли одат узоқ муддатли асоратлар қолдириши билан ҳам хавфли бўлиб, олиб борилган кузатувлар давомида чилим чекиш билан ўпка саратони, тиш боғламларининг бузилиши, тишларнинг барвақт тўкилиши ҳамда кам вазнли бола туғилиши ўртасида узвий боғлиқлик борлиги маълум бўлди.

Исроил армияси Ғазо ислом университетига ҳужум қилди

Исроил кучлари Ғазо шаҳридаги Ғазо ислом университети биносига ҳаво зарбасини амалга оширди.

Туркияда мухолифат тарафдорлари намойишга чиқди

Улар қурултой натижаларини бекор қилишга қарши.

АҚШ президенти Дональд Трамп Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяҳуга Қатарга нисбатан «катта эҳтиёткорлик» кўрсатишни тавсия қилди

«Исроил ва бошқалар ҳам эҳтиёткор бўлиши керак. Қачонки сиз қаерга зарба берсангиз, эҳтиёткорлик билан ҳаракат қилиш лозим», – деди Оқ уй раҳбари, Нью-Йоркдан Вашингтонга учаётган самолётда журналистлар саволига жавоб берар экан.

"Исроил ҳукумати минтақавий урушни ва Яқин Шарқнинг аланга олишини кўзламоқда"

Туркия минтақадаги инқирозларга очиқдан-очиқ аралашадиган бўлса, Сурияда қаттиқ тўқнашувлар юз беради

Тошкентдаги жанжалда мактаб ўқувчиси пичоқланди

Натижада вояга етмаган Ш.О. шифохонага ётқизилган, унинг соғлиғи шифокорлар назоратида.

Словакияда спорт самолёти ҳалокатга учради

Бортида икки киши бўлган кичик спорт самолёти баландликни йўқотиб, икки ангар орасига қулаб тушган.

Наманганда поезд Gentra'ни уриб юборди: 6 киши ҳалок бўлди

Gentra ҳайдовчиси йўл ҳаракати қоидаларини қўпол равишда бузган ҳолда, яқинлашиб келаётган поезд олдидан темирйўлни кесиб ўтишга уринган.

Покистоннинг Панжоб провинциясида юз берган сув тошқинлари оқибатида 97 киши ҳалок бўлди

Бу ҳақда маҳаллий DAWN нашри хабар бермоқда.

Қозоғистонда металл цехида содир бўлган портлаш оқибатида қашқадарёлик уч нафар йигит вафот этди

Воқеа жойида тезкор хизматлар - полиция, ёнғин хавфсизлиги ходимлари ва тез тиббий ёрдам бригадаси иш олиб борган.

Исроил Ғазодаги UNRWAнинг учта мактабига ҳужум қилди

Гувоҳларнинг айтишича, Ас-Ситт Сура, Ал-Алия ва Шухайбир мактаблари Исроил ҳаво зарбаларига дуч келган.

Марокаш ва Яманда минглаб одамлар Исроилнинг Ғазодаги геноцидига қарши кўчаларга чиқди

Марокашда Уммат ишларини қўллаб-қувватлаш қўмитаси ташаббуси билан Ғазо билан бирдамлик намойишлари 93 ҳафтадан бери узлуксиз давом этмоқда. Маҳаллий оммавий чиқишлар мамлакатнинг кўплаб шаҳарларида ўтди.

БМТ ОЧА вакили: Ғазо шаҳри ўлимга ҳукм қилинди

БМТнинг Гуманитар масалаларни мувофиқлаштириш бошқармаси (ОЧА) вакили Ольга Черевконинг таъкидлашича, Исроилнинг Ғазо шаҳрига йўналтирган кучайган ҳужумлари маҳаллий аҳоли учун “ўлим ҳукми”га айланди.

Полша Беларус билан чегарани бутунлай ёпди: минглаб машиналар ортга қайтарилди

Икки давлат ўртасида темир йўл ва пиёда йўлакларигача ёпилди. Чегарага бетон тўсиқлар ва темир симлар тортилди. Барчасига Россия дронлари сабаб.