Issiqda o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari tarqalishi ehtimoli yuqori — Sanepidqo‘mita

Issiqda o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari tarqalishi ehtimoli yuqori — Sanepidqo‘mita

Kunlar isishi, yoz boshlanishi natijasida aholi orasida o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari, xususan, o‘tkir diareya, qorin tifi, salmonellyoz, virusli gepatit A va boshqa ovqatdan zaharlanish kasalliklarining tarqalishi ehtimoli ortib boradi.

Aytilishicha, ushbu kasalliklar tez yuquvchi kasalliklar bo‘lib, holsizlanish, bosh va qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynib qayt qilish, ichning suyuq va tez-tez ketishi bilan kechadi.

O‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining kelib chiqishida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, qaynatilmagan ariq, hovuz va quduq suvlari, yuvilmagan sabzavot va mevalar, shu bilan birga pashshalar alohida ahamiyat kasb etadi.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarga rioya qilmaslik natijasida kasallik sog‘lom odamlarga yuqadi. Kasallikning oldini olishda quyidagi qoidalarga rioya etilishi zarur:

har doim, ayniqsa ovqatlanishdan oldin qo‘lingizni sovunlab yuving;

meva va sabzavotlarni toza ichimlik suvida (iloji bo‘lsa qaynagan suvda) yuvib iste’mol qiling;

ochiq suv havzalaridan suv ichmang, faqat qaynatilgan suv iching, mumkin bo‘lmagan joylarda cho‘milmang;

oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va ularni tashish hamda tarqatilishida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling;

non va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini polietilen xaltachalar va usti berk idishlarda saqlang;

idish tovoqlarni yuvuvchi vositalar bilan uyushgan jamoalarda qo‘shimcha 0,2-0,5% xlorli aralashma bilan birgalikda yuving;

pashshalarning ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymang;

hududlar, ovqatlanish ob’ektlari hamda umumiy foydalanish joylarining tozaligi va sanitariya holatini saqlab turing;

tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilayotganingizda uning sifati va yaroqliligiga e’tibor qarating;

o‘zingiz va bolangizning tirnoqlarini o‘z vaqtida olib, bolangiz qo‘llarini doimo toza tutishga o‘rgating;

axlat tashlash joylarni tez-tez dezinfeksiya vositalari bilan zararsizlantirib turing;

ko‘ngil aynib, qorinda og‘riq paydo bo‘lsa, ich ketishi va ba’zi hollarda tana harorati ko‘tarilsa, zudlik bilan tibbiyot xodimlariga murojaat qiling, shifokorlar maslahatisiz har xil dori-darmonlarni o‘z bilganingizcha iste’mol qilmang.

Ushbu kasalliklar tez yuquvchi kasalliklar bo‘lib, holsizlanish, bosh va qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynib qayt qilish, ichning suyuq va tez-tez ketishi bilan kechadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!