Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Kremlda uch soat davom etgan muzokaradan so‘ng matbuotga bayonot berdi

 Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Kremlda uch soat davom etgan muzokaradan so‘ng matbuotga bayonot berdi

Putinning so‘zlariga ko‘ra, seshanba kuni Kiyevga tashrif buyurgan Vengriya bosh vaziri unga prezident Volodimir Zelenskiyga o‘t ochishni to‘xtatish taklifini bildirgani haqida aytgan. Putin, shuningdek, yana bir bor Moskva muzokaralarga tayyorligini ta’kidladi.

"Kiyev haligacha urushni g‘alaba bilan yakunlash g‘oyasidan voz kechishga tayyor emas. Ukraina rasmiylari harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha taklifimizni qabul qilmayapti. Tinchlikka erishish ularning harbiy holatni uzaytirish uchun bahonalarini yo‘q qiladi. Harbiy holat bekor qilinganidan keyin Zelenskiyning saylovda g‘alaba qozonish imkoniyati yo‘q", — deya fikr bildirdi Rossiya prezidenti.

Putin, shuningdek, Ukraina qo‘shinlarining Donesk, Lugansk, Zaporoje va Xerson viloyatlarining ma’muriy chegaralaridan to‘liq olib chiqilishi mojaroni yakunlashning asosiy sharti ekanligini aytdi.

"Evropaga tinchlik kerak. Tinchlik ka muloqot kanallarisiz erishib bo‘lmaydi. Men bugun prezident Putin bilan tinchlikka erishish yo‘llarini muhokama qildim. Men urushni tugatishning eng qisqa yo‘li qanday ekanligini bilmoqchi edim", — deya ta’kidladi Vengriya bosh vaziri.

Orbanning so‘zlariga ko‘ra, u Putinning mavjud tinchlik tashabbuslari va o‘t ochishni to‘xtatish g‘oyasi haqida qanday fikrda ekanligini, shuningdek, ularni qanday tartibda amalga oshirish mumkinligi haqida bilishni xohlagan.

"Ikkala tomon bilan aloqa qila oladigan deyarli birorta davlat qolmadi. Shuning uchun men avval Kiyevga bordim, hozir esa Moskvadaman", — deya qo‘shimcha qildi Vengriya hukumati rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!