Toshkentda o‘zganing bank mobil ilovasiga ulanib, pullarni yechib olgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda o‘zganing bank mobil ilovasiga ulanib, pullarni yechib olgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent shahrida yashovchi 32 yoshli X.B. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 3 mln 557 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi A.A. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, A.A. internet foydalanuvchilariga Telegram messenjeri orqali yolg‘on e’lonlar ostida soxta dastur, havola jo‘natgan. Bu e’longa ishongan jabrlanuvchi X.B.ning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va uning hisobidagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olib, ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan A.A.ga nisbatan JKning 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!