Surxondaryoda ayollardan iborat jinoiy guruh qo‘lga olindi

Surxondaryoda ayollardan iborat jinoiy guruh qo‘lga olindi

Surxondaryo. 2020 yilning 16 mart kuni soat 15:30 da muqaddam bir necha marotaba sudlangan 19 yoshli V.A., o‘zining tanishlari 21 yoshli M.Y (ayol), 20 yoshli N.K. (ayol) va 40 yoshli F.M., lar (ayol) bilan jinoiy til biriktirib, Denov shahar Chag‘aniyon ko‘chasida joylashgan dehon bozoriga kelishib, fuqaro D.T., ning (ayol) qo‘lida bo‘lgan sumkasida puli borligini ko‘rishib, ushbu pullarni o‘g‘irlash maqsadida qulay vaziyat bo‘lishini kutib,  uning ortidan kuzatib yurishib,  jinoyatni sodir etish uchun o‘zaro vazifalarni taqsimlab olishib, unga  ko‘ra F.M., M.Y. va N.K. va voyaga yetmagan S.G‘., larD.T odamlar gavjum bo‘lgan joyga borganligidan foydalanib, uni har yonidan o‘rtaga olgan vaqtlarida, V.A. o‘zi bilan birga olib kelgan o‘tkir kesuvchi jism bilan D.T., ning sumkasini kesib, sumka ichida bo‘lgan jami 8.000.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, jinoiy sherigi M.Y., ga berib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tezkor-qidiruv natijasida, jinoyatni sodir etgan shaxslarning barchasi ushlanib, ulardan 8.000.000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirilib olingan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagiTergov departamentiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha V.A. va boshqalarga ayblov e’lon qilinib, V.A., ga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qolgan ayblanuvchilarga esa qamoq bilan bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tuman prokuraturasiga yuborilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!