Somon qoldig‘ini yoqqan shaxs jarimaga tortildi

Somon qoldig‘ini yoqqan shaxs jarimaga tortildi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Eskiqishloq mahallasi hududidagi fermer xo‘jaligining ish yurituvchisi Mansur Norbo‘tayev (ism-sharif o‘zgartirildi) somonpoya qoldiqlarini yoqib, tevarak-atrof va ekin maydoniga yirik miqdorda zarar yetkazgani uchun jarima to‘laydigan bo‘ldi.

Viloyat ekologiya boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qilishicha, g‘alla o‘rim-yig‘imidan bo‘shagan 10 gektar maydondagi somonpoya qoldiqlarini o‘zboshimchalik bilan yoqib yuborgan tabiat kushandasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Tabiatga yetkazilgan zarar 18 million 642 ming 234 so‘m miqdorida hisoblangan. Amaldagi qonunlarga ko‘ra, endilikda bu zarar ish yurituvchidan undiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!