Bir yigitni o‘ndan ortiq kishi majburan mashinaga solib ketgani yuzasidan ramiy ma’lumot berildi

Bir yigitni o‘ndan ortiq kishi majburan mashinaga solib ketgani yuzasidan ramiy ma’lumot berildi

Toshkent shahrida o‘ndan ortiq yigit bir bolani majburan mashinaga solib ketgani haqida video xabarlar tarqaldi.

Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 24 iyun kuni taxminan soat 23.50 larda Chilonzor tumani Xalqlar do‘stligi metrosi oldida fuqarolar 2002 y.t. A.U. va uning tanishlari 2002 y.t. X.O., 2002 y.t. M.A., 2004 y.t. S.T. va boshqalar o‘zaro kelishmovchilik sababli og‘zaki tortishib qolishgan. So‘ng A.U.ni o‘zlariga tegishli «Matiz» rusumli avtomashinasiga o‘tkazayotgan vaqtida, IIO PPX xodimlari kelayotganini ko‘rib ushbu fuqarolar qochib ketishgan.

«Hech kim tan jarohati olmaganligi va pichoq bilan tahdid qilinmaganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Huquqbuzarlardan uch nafari ushlangan, qolganlarni ushlash choralari ko‘rilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi», deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!