Sirdaryoda yuk mashinasi avtobus bilan to‘qnashdi

Sirdaryoda yuk mashinasi avtobus bilan to‘qnashdi

28 iyun kuni soat 12:30 atrofida Sirdaryo tumanida yuk avtomobili avtobus bilan to‘qnashdi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, holat tumanning Ziyokor mahallasidan o‘tuvchi M-34 avtomobil yo‘lining 83-kilometrida sodir bo‘lgan. Termiz-Toshkent yo‘nalishida harakatlangan Isuzu boshqaruvi yo‘qotilishi sababli shu yo‘nalishning o‘ng tomonida yo‘lovchilarni tushirish uchun to‘xtagan boshqa bir Isuzu avtobusining orqa qismiga urilgan.

Avtobus ichida 14 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda avtobus ag‘anab ketganini ko‘rish mumkin.

Hodisa oqibatida avtobusdagi 1 yo‘lovchi jarohat olib, Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan, deyiladi xabarda.

Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tuman IIB tomonidan tergov olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!