Malibu-2 avtomashinasiga miltillovchi chiroq o‘rnatib Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab tezlikni belgilangan me’yorlardan oshirgan haydovchi ushlandi

Malibu-2 avtomashinasiga miltillovchi chiroq o‘rnatib Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab tezlikni belgilangan me’yorlardan oshirgan haydovchi ushlandi

Malibu-2 avtomashinasiga miltillovchi chiroq o‘rnatib Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab tezlikni belgilangan me’yorlardan oshirib harakatlangan fuqaroga chora ko‘rildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat raqam belgisi 01 215 LLA bo‘lgan Malibu-2 rusumli transport vositasi haydovchisi mumkin bo‘lmagan jihoz, miltillovchi chiroq o‘rnatib foydalanganligi va yuqori tezlikda harakatlanganligi aks etgan videolavha tarqalgan.

"Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan haydovchi 2002 yilda tug‘ilgan A.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 127-moddasi 2-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan. Qoida buzarliklarga sabab bo‘luvchi har xil buyumlardan foydalanishni targ‘ib qilmasliklariningizni so‘rab qolamiz", - deyiladi IIBB YHXB rasmiy telegram-kanali bergan xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!