Turkiya Moskva va Kiyevga tinchlik konferensiyasi o‘tkazishni taklif etishi mumkin

Turkiya Moskva va Kiyevga tinchlik konferensiyasi o‘tkazishni taklif etishi mumkin

Turkiya Moskva va Kiyevga Ukrainada urushni to‘xtatish uchun Istanbul jarayoni doirasida barcha tomonlar ishtirokida tinchlik konferensiyasi o‘tkazishni taklif etishi mumkin, deb bayonot berdi “RIA Novosti”ga turkiyalik tahlilchi, “Vatan” partiyasi markaziy qo‘mitasi a’zosi O‘rchun Gyokturk.

Rossiya – Ukraina inqirozi boshlangandan buyon Turkiya muayyan diplomatik sa’y-harakatni amalga oshirib kelmoqda. Yaqinda RF Prezidenti Vladimir Putin ham mazkur tashabbusga ijobiy baho berib, “Biz turkiyalik do‘stlarimizning inqirozli vaziyatlarni, jumladan Ukraina nizosini hal qilishga hissa qo‘shishga urinayotganidan minnatdormiz”, – degan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!