Qirg‘iziston BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilish tarafdori

Qirg‘iziston BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilish tarafdori

Qirg‘iziston BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilish tarafdori. Bu haqda Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kuluboyev ma’lum qildi, deya xabar beradi KNIA «Kabar».

Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilish BMT Bosh Assambleyasining asosiy mavzularidan biridir. «Har yili bu masala barcha darajalarda muhokama qilinadi, biroq BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilish juda qiyin masala. Ko‘pgina mamlakatlar o‘z qarashlariga ega. Yaponiya, Germaniya, Hindiston kabi yirik davlatlar BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi maqomini olishga intilmoqda. Ularning o‘z qarashlari bor. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo‘lgan faqat beshta davlat bor va faqat ularning roziligi bilan islohotlar o‘tkazilishi mumkin. Bu masala 20 yildan ortiq muhokama qilinmoqda», - dedi Quluboyev.

Uning ta’kidlashicha, agar BMT Xavfsizlik Kengashiga nodoimiy a’zo bo‘lsa, Qirg‘iziston ham BMT islohotlariga hissa qo‘shishi mumkin. Diplomat bu borada katta ishlar qilinishiga ishora qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!