Evro—2024. Turkiya Avstriyani mag‘lub etdi

Evro—2024. Turkiya Avstriyani mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining nimchorak finalida Turkiya va Avstriya terma jamoalari 2 iyul, seshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning ilk daqiqasidayoq hisob ochildi. Turkiyalik futbolchi Demiral raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Birinchi bo‘lim ushbu bitta gol bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda ham turklar hujumkorlikni pasaytirmadi. 59-daqiqada Demiral yana bir bor Avstriya darvozasini ishg‘ol qildi. Oradan 7 daqiqa o‘tib, avstriyaliklar futbolchisi Gregorich hisobni qisqartirdi.

Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va Turkiya g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Turkiya chorak finalda Niderlandiyaga qarshi bahs oladi.


Evro—2024

Nimchorak final

2 iyul, seshanba

Avstriya – Turkiya 1:2

Gollar: 0:1 – 1 Demiral, 0:2 – 59 Demiral, 1:2 – 66 Gregorich.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!