Evropa yer osti “yurish”iga tayyorlanmoqda

Evropa yer osti “yurish”iga tayyorlanmoqda

Uzunligi 18 km dan oshadigan, Germaniya va Daniyani bog‘laydigan “Fehmarn Belt Fixed Link” tunneli dunyodagi eng uzun suv osti poyezd va avtomobil yo‘li bo‘ladi. Bu haqda “Euronews” yozgan.

Qurilishi 2029 yilgacha bitkazilishi rejalashtirilgan, Daniyadagi eng yirik muhandislik ishi hisoblangan ushbu mega tashabbusning qiymati 4,8 milliard yevro. Yevropa Komissiyasi loyihani qit’ada transport xizmatini takomillashtirishga qaratilgan “Ten-T” dasturining bir qismi, deb hisoblaydi va mazkur bunyodkorlik ishiga 1,1 milliard yevro ajratadi.

Loyiha tugallangach, Gamburg va Kopengagen o‘rtasidagi temir yo‘l qatnovi vaqti 4,5 soatdan 2,5 soatga qisqaradi, yo‘lovchilarga poyezdda Daniya chegarasi bo‘ylab Shvesiya, Norvegiya va Finlyandiyaga borish imkonini beradi.

Tanganing ikki tomoni bo‘lganidek, ba’zi ekologlar ushbu dasturni keskin qoralab, atrof-muhitga jiddiy xavf paydo bo‘lishidan ogohlantirmoqda.

Tunnelni barpo etayotgan Daniya kompaniyasi – “Femern A/S esa “qurilishning salbiy oqibati vaqtincha”ligiga ishonmoqda. Jamoa fikricha, yangi suv osti yo‘li Daniyadagi temir va avto yo‘l tarmog‘ida yo‘lovchi tashish imkoniyatini yaxshilab, tirbandlikni bartaraf qiladi. Qolaversa, tranzit tashuvida vaqt, energiya va yonilg‘i sezilarli darajada tejalib, havoga zararli gaz chiqishi keskin kamayadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!