BMT: «G‘azo nafaqat insonparvarlik inqirozi, balki azob-uqubatlar girdobidir»

BMT: «G‘azo nafaqat insonparvarlik inqirozi, balki azob-uqubatlar girdobidir»

«G‘azoda nafaqat insonparvarlik inqirozi, balki azob-uqubatlar girdobi ham mavjud», dedi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT).

Birlashgan Millatlar Tashkilotining G‘azodagi gumanitar ishlar va qayta qurish bo‘yicha katta koordinatori Sigrid Kaag BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolarini G‘azodagi gumanitar yordam operasiyalari haqida ma’lumot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 7-oktabrdan keyin G‘azoning tinch aholisi «jarlikka tiqilgan».

«G‘azo nafaqat insonparvarlik inqirozi, balki azob-uqubatlar bo‘roni hamdir», dedi u.

BMT koordinatori sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlari vayron bo‘lganini ta’kidlab, issiq tufayli yuqumli kasalliklar ko‘payganini qayd etdi.

Isroilning 6 may kuni Rafahga uyushtirgan hujumlari ortidan 1 milliondan ortiq odamning yana uyini tashlab ketishga majbur bo‘lganiga diqqat qaratgan Kaag, G‘azo bo‘ylab 1,9 million kishining ko‘chirilganini qayd etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «G‘azoda birorta ham xavfsiz joy yo‘q». U Isroilning Xon Yunusdagi «yangi evakuasiya tartibi»dan chuqur xavotir bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!