Shavkat Mirziyoyev navbatdagi safarini qachon va qayerga amalga oshirishi ma’lum bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev navbatdagi safarini qachon va qayerga amalga oshirishi ma’lum bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yil yanvar oyida Germaniyaga tashrif buyuradi. Bu haqda 10 oktyabr kuni Toshkentda nishonlangan Germaniya birligi kunida nemis elchisi Gyunter Overfeld ma’lum qildi. 

Elchixona xabariga ko‘ra, Gyunter Overfeld tashrif davomida Kansler Merkel va Bundesprezident Shtaynmayer bilan muzokaralar bo‘lib o‘tishini aytib o‘tgan.

Iqtisodiy sohada shu yilning may oyida 70 dan ortiq nemis firmalari O‘zbekistonga tashrif buyurgan, bu nemis iqtisodiyotining Markaziy Osiyoga shu davrgacha kelgan enga katta delegasiyasi sanaladi.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!