Shahram G‘iyosov "Instagram" sahifasiga ajoyib post joyladi: "Bandamiz, ojizmiz, Yaratganga muhtojmiz"

Shahram G‘iyosov "Instagram" sahifasiga ajoyib post joyladi: "Bandamiz, ojizmiz, Yaratganga muhtojmiz"

Jahon chempionatida ishtirok etuvchi Shahram G‘iyosov Instagram sahifasiga ajoyib post joyladi.

Biz esa, G‘iyosovning ijodidan shunchaki bahramand bo‘lishingizni istadik.

“Niyat qilgin, xolis bo‘lsin

Xaqlikka loyiq bo‘lsin.

Bandamiz, ojizmiz, Yaratganga muhtojmiz.

Na qilayin, qalbim seni xohlasa, tavakkal qildim taqdirimga yozganingga…

Mayli-da telbaman va devonadirman, lek ko‘nglimga solgan nuring tomchisidirman.

Intildim, izladim yurak taskinin, anglab yetdimki, O‘zingsan qalbim taskini!

Moviy osmon berding ko‘zlarimga, tabiat go‘zali berding qalbimga…

Aqli-xushim, xotirjamligim uchun berding deb o‘ylayman uni menga..

Yo Rabbi nima yaxshiligini bilguvchi O‘zingdirsan, tavakkal qildim, bosh egdim O‘zingga va qalbimga solgan pichirlagan sadoga!

SH. G‘ “, - deb yozadi G‘iyosov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!