Shahar markazida erkak o‘zini yoqib yubordi

Shahar markazida erkak o‘zini yoqib yubordi

Praga markazining Vaslavsk maydonida noodatiy voqea sodir bo‘ldi. 52 yoshli erkak o‘z-o‘zini yoqib yubordi.

Voqea haqida mahalliy OAVlar xabar qildi deydi belnovosti.by . Ma’lum bo‘lishicha, erkak maydonga chiqqan va yoniga arab tilida yozilgan taxtachani qo‘ygan. So‘ng o‘zini yoqib yuborgan.

Guvohlarning ma’lum qilishicha, erkakni qutqarish uchun yaqin oraliqda joylashgan restorandagi bir necha kishi yugurib kelishgan, o‘t o‘chiruvchilarga va tez yordamga qo‘ng‘iroq qilishgan.

Jabrlanuvchi darhol tibbiy muassasaga joylashtirilib, sun’iy uyqu holatiga keltirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!