Sayyoramizdagi g‘alati kasblar

Sayyoramizdagi g‘alati kasblar

Sayyoramizdagi g‘alati kasblar haqida eshitganmisiz? Qaysi biridan boshlaymiz? Ko‘rinib turibdiki ular juda ham ko‘p ekan…

* Har bir ish kunini sigirlarni pedikyur qiladigan kasb egasidan boshlaylik.

* Har kuni pingvinlarni aylantirish (to‘ntarib qo‘yish) bilan shug‘ullanadigan ish sizga yoqadimi? Gap shundaki, pingvinlar ular ustidan uchib o‘tayotgan vertoletga qarashgan vaqtda ularning bo‘yni kalta bo‘lgani uchun yiqilib ketib, o‘zi mustaqil tura olmas ekan. Shuning uchun ham pingvinlar yiqilib tushganida ularni to‘ntarib qo‘yuvchilar ularga yordamga kelishadi.

* Sizning ishingiz o‘zingizga yoqmaydimi? Unda ajinlarni silliqlovchilik kasbi ma’qul bo‘ladimi? Ammo bu yuzlarni silliqlovchi emas, balki sotuvga qo‘yilgan poyafzallarni mijozlar kiyib ko‘rib uni olmagandan keyin ana shu oyoq kiyimlarni silliqlovchi, tekislovchi kasbidir. Sara qimmatbaho narsalar sotiladigan do‘konlarda albatta ana shu kasbdagi bo‘sh o‘rinda ishlovchi insonlar ham bor ekan.

* Yuqori darajadagi qandolat mahsulotlari bilan mijozlarga xizmat ko‘rsatadigan restoranlarda tuxum hidlovchi degan shunday bir qiziq kasb ham borligiga ishonasizmi? Shirin mahsulotni tayyorlayotgan vaqtda palag‘da tuxumni tushish yoki tushmasligi faqatgina unga bog‘liq bo‘lar ekan. Restoranning obro‘si shu kasb egasiga bog‘liq bo‘lib qolishiga qanday qaraysiz?

* Xo‘sh, agar siz o‘zingizning ishingizdan charchagan bo‘lsangiz o‘ylab ko‘ring, ehtimol, uni yanada qiziqarliroq biror boshqa kasb bilan almashtirishingiz kerakmikan? Tanlov o‘z qo‘lingizda…


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!