Sartepa yo‘lidagi quduq tufayli «Damas» ag‘darilgani hodisasiga «Suvoqova» izoh berdi

Sartepa yo‘lidagi quduq tufayli «Damas» ag‘darilgani hodisasiga «Suvoqova» izoh berdi

Samarqand shahridagi Amir Temur va Turkiston ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan «Sartepaga kiraverishdagi quduqqa g‘ildiragi kirib ketgan «Damas» ag‘darilgani» voqeasi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Zarnews.uz saytiga "Suvoqova" DUK Samarqand shahar filiali izoh berdi.

Ushbu hodisa "Suvoqova" davlat unitar korxonasi Samarqand shahar filiali tomonidan o‘rganildi. Aniqlanishicha, mazkur hududdan 400 millimetrlik quvurdan toza ichimlik suvi o‘tgan. 2016 yilda mazkur suv quvuriga shu yerda qurilgan yangi ko‘pqavatli uylar ulangan. Ulanish jarayonlariga "Suvoqova" korxonasi tomonidan texnik shartlar belgilangan va quruvchiga suv tizimiga ulanish borasida tushunchalar berilib, jarayonga korxonamiz mutaxassislarining jalb etilishi lozimligi uqtirilgan.

Shunga qaramasdan, tadbirkorlar uyni tez muddatda qurish va topshirish maqsadida bu texnik shartlarga rioya qilmagan.

Boz ustiga, yo‘ldagi quduqlarga qo‘yilgan qopqoqlar ham davlat standartlariga mos kelmasligi oqibatida yuqoridagi baxtsiz hodisa yuz bergan.

Shu bois qurilish ishlari bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar kommunikasiya tarmoqlariga ulanishda tegishli texnik shartlarga amal qilgan holda, ishlarni davlat standartlariga muvofiq holda bajarishsagina, yuqoridagi ko‘ngilsiz hodisalarning oldi olinadi. Zero, xalqimiz aytganidek, «ko‘za kunda emas, kunida sinadi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!