Samarqandda yuk avtomobili ag‘darilib ketdi

Samarqandda yuk avtomobili ag‘darilib ketdi

Bugun, 2022 yil 6 fevral kuni soat 10:10 larda, Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 84-kilometrida, "Toshkent-Samarqand" yo‘nalishida haydovchi, 1987 yilda tug‘ilgan M.Y. "Volvo" rusumli yuk transport vositasida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil yo‘lning o‘ng tomoniga ag‘darilgan.

Natijada, haydovchi M.Y.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan tuman YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!