Samarqandda erkak 6 yoshli o‘gay o‘g‘lini kamar bilan kaltakladi

Samarqandda erkak 6 yoshli o‘gay o‘g‘lini kamar bilan kaltakladi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda erkak kichik yoshdagi bolani kamar bilan kaltaklayotgani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, ushbu holat Joriy yilning 23 iyun kuni Samarqand viloyati Toyloq tumanida sodir bo‘lgan. Unda 1988 yilda tug‘ilgan erkak SH.N. o‘zi bilan birga 2024 yildan shar’iy nikohda bo‘lgan T.D. ning 2017 yilda tug‘ilgan 6 yoshli farzandi Ye.O.ni yashash xonadoni hovlisida qo‘lida bo‘lgan kamar bilan kaltaklagan. Holat yuzasidan 24 iyun kuni tergovga qadar tekshiruv boshlangan. Voyaga yetmagan Ye.O.da tan jarohatlari aniqlanib, hozirda bolaga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Bu borada sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Ma’lum qilinishicha, SH.N. Toyloq tumani tibbiyot birlashmasi tibbiy ko‘rigidan o‘tkazilganda, uning ruhiyatida o‘zgarishlar borligi aniqlanib, Samarqand viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Bolaning holati yuzasidan sud-psixiatrik ekspertiza tayinlandi.

Ushbu holat yuzasidan Toyloq tumani IIB huzuridagi TB tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!