Samarqandda 30 ga yaqin maktablarning elektr-energiyasi 5 kundan buyon uzib qo‘yildimi?

Samarqandda 30 ga yaqin maktablarning elektr-energiyasi 5 kundan buyon uzib qo‘yildimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda «Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida 30 ga yaqin maktablarning elektr-energiyasi 5 kundan buyon uzib qo‘yilganligi aytilmoqda» deyilgan murojaat bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi.
Qo‘shrabot tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining ma’lum qilishicha, joriy yilning aprel oyi boshida hisobchilar tomonidan hisob-kitob ishlarining to‘g‘ri tashkil qilinmaganligi hamda ob-havo noqulayligi sababli tumandagi ba’zi qishloqlarda transformatorlarning kuchli kuchlanish ta’sirida bir nechta umumta’lim maktablari elektr tarmoqlaridan uzulishiga sabab bo‘lgan. Barcha umumta’lim maktablarida shu kunning o‘zida tarmoqlar ta’mirlanib, elektr tarmoqlariga qayta ulangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!