Samarqand forumining yoshlarga, O‘zbekistonga qanday foydasi bor?

Samarqand forumining yoshlarga, O‘zbekistonga qanday foydasi bor?

Samarqand forumi yoshlarga, O‘zbekistonga nima beradi? Bu masalaga Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov javob berdi.

"Bu forumning beshta natijasi bo‘ladi deb ayta olaman:

— Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishda xalqaro darajadagi muhim qadam bo‘ladi.

— Ikkinchidan, O‘zbekistondagi yoshlarga oid davlat siyosatining tendensiyalari, natijalarini butun dunyo afkor ommasiga ko‘rsatish bo‘ladi.

— Uchinchidan, yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya loyihasini maromiga yetkazishda muhim poydevor bo‘ladi. Chunki Forumda Amerika, Osiyo, Afrika, Yevropa va Avstraliya qit’asidan ishtirokchilar qatnashadi, ular loyihaga o‘z munosabatlarini bildirishadi.

— To‘rtinchidan, ushbu tadbir O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imiji va nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

— Beshinchidan, O‘zbekiston yoshlari birinchi marta xalqaro norma ijodkorligi jarayonida bevosita ishtirok etadi", – dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!