Saidjamshid Jafarov bugun Qozog‘istonda IBA kamari uchun jang qiladi

Saidjamshid Jafarov bugun Qozog‘istonda IBA kamari uchun jang qiladi

Bugun Qozog‘istonning Almati shahrida boks bo‘yicha «IBA Chempionlar oqshomi» o‘tkaziladi.

Turnirning markaziy jangida esa bokschimiz Saidjamshid Jafarov qozog‘istonlik Talgat Shaykenga (9-0-5 KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu jang g‘olibi birinchi o‘rta vazn toifasida IBA Asian chempionlik kamarini qo‘lga kiritadi.

Almatida bo‘lib turgan hamyurtlarimizdan “Baluan-Sholak" arenasiga kelib, Saidjamshidning chempionlik jangida qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rab qolamiz.

Chempionlar oqshomi 19:30 dan boshlab start oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!